date

Xitoy kompaniyasi Samarqandda qog‘oz zavodini qurishni rejalashtirmoqda

Xitoy kompaniyasi Samarqandda qog‘oz zavodini qurishni rejalashtirmoqda

Xitoyning «Huanrong Paper» kompaniyasi Samarqand viloyatida zamonaviy qog‘oz va karton ishlab chiqarish zavodi qurishni rejalashtiryapti, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Kompaniya vakillari Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mazkur investitsiya loyihasini muhokama qilishdi.

Loyihaning umumiy qiymati 500 mln dollar bo‘lib, besh bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun 50 gektardan ortiq yer maydoni talab etiladi. Hozirda Urgut erkin iqtisodiy zonasining «Xishrav-2» massivida joylashgan yer uchastkalari potensial hudud sifatida ko‘rib chiqilyapti va yaqin vaqt ichida auksion savdosiga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Zavod Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi, loyiha doirasida taxminan 3 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilishi aytilyapti. Davlat byudjeti hisobiga esa yiliga 50-60 mln dollar soliq tushumlari tushishi kutilyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoy kompaniyasi Samarqandda qog‘oz zavodini qurishni rejalashtirmoqda