Toshkentning Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan 11 fevral kuni yopilgan chorraha transport harakati uchun ochilmayapti. «Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, chorrahaning ochilish muddati 10 martga qoldirilgan, deb yozadi Kun.uz sayti.
«Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazmasi qurilishi munosabati bilan yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017 yil 10 martga ko‘chirildi. Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishingizni so‘raymiz», deyilgan xabarda.
Unda shuningdek, yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Qayd etish kerakki, avvaliga bu chorraha 23 fevralgacha yopilgani ma’lum qilingandi. Ammo keyin uning ochilish muddati 1 mart kuniga ko‘chirildi.
Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishuvida, metroning «Novza» bekati yaqinida yangi ko‘prik qurilishi 2016 yilning 16 sentyabridan boshlangan edi. Uning umumiy uzunligi 900, balandligi 6 metrga teng, 6 polosali yo‘lning kengligi 24 metrni tashkil etadi. Yo‘l o‘tkazgichning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita er usti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda. Yo‘l o‘tkazgich Navro‘z bayramida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari