17:20 / 07.03.2017
7 646

O‘zbekiston Kaspiy va Qora dengizlarga Turkmaniston orqali chiqadi

O‘zbekiston Kaspiy va Qora dengizlarga Turkmaniston orqali chiqadi

Ashxoboddagi ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng, OAV vakillari oldida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmanistan Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilayotganini ta’kidladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy Osiyo, Evropa va Yaqin Sharq transport tizimlarini birlashtirish imkonini beruvchi kuchli va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida hamkorlik davom ettirilishini qayd etdi.

Shu jumladan, Turkmanistonning O‘zbekiston—Turkmaniston—Kaspiy dengizi—Janubiy Kavkaz yo‘nalishida koridor yaratish bo‘yicha hamjihatlikda ish olib borishga tayyorligi ma’lum qilindi. Mazkur koridor orqali Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa davlatlarning Qora dengizdagi portlariga chiqish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston ishtirokchisi bo‘lgan Markaziy Osiyodan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga transport va tranzit xalqaro koridorini yaratish to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirishda faol hamkorlik olib borish bo‘yicha kelishib olindi. Mazkur besh tomonli Bitim 2011 yil Ashxobodda imzolangan.

Avvalroq 6 mart kuni Ashxoboddagi muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Kaspiy va Qora dengizlarga Turkmaniston orqali chiqadi