2017 yil 1 oktyabridan O‘zbekiston Respublikasida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari joriy qilinadi. Ularni almashtirish narxi taxminan eng kam oylik ish haqining 55 foizi miqdorida bo‘ladi. Bu haqda, Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahar yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Zarif Yusufjonov ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi haydovchilik guvohnomasi 1968 yilgi Vena Konvensiyasiga to‘la mos kelganligi bois, ushbu Konvensiyaga qo‘shilgan har qanday davlatda amal qiladi.
Shu bilan birga, ularni eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun ko‘p vaqt talab qilinmaydi. Aniqrog‘i, yangi guvohnoma bir soat ichida tayyor bo‘ladi. Shuningdek, u elektron guvohnoma hisoblanadi, shunga binoan, yangi guvohnomalar bilan birga talon berilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!