date
views 7 204

O‘zbek ixtirochilari diabetik non mahsuloti tayyorlash usulini ishlab chiqdilar

O‘zbek ixtirochilari diabetik non mahsuloti tayyorlash usulini ishlab chiqdilar

"Donmahsulotlari ilmiy ishlab chiqarish markazi" mas’uliyati cheklangan jamiyat xodimlari diabetik non-bo‘lka mahsulotini tayyorlash usulini ixtiro qildilar. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Mazkur usuldan oziq-ovqat sanoati, chunonchi funksional foydalanishga mo‘ljallangan non-bo‘lka mahsulotlarini ishlab chiqarish, xususan, diabetik non-bo‘lka mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Ushbu ixtironing asosiy vazifasi oziq-ovqat tolalari va funksional qo‘shimchalar bilan boyitilgan, non sifatining organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari yaxshilangan diabetik non-bo‘lka mahsulotini ishlab chiqishdan iboratdir.

Ixtiro mualliflariga agentlik tomonidan patent topshirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbek ixtirochilari diabetik non mahsuloti tayyorlash usulini ishlab chiqdilar