date

Qator hududlarga sel kelishi kutilmoqda

Qator hududlarga sel kelishi kutilmoqda

21 fevral kuni kutilgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Shuningdek, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining qator tumanlari hamda ayrim shaharlariga sel kelishi xavfi borligi ta’kidlanmoqda.

Shu munosabat bilan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Toshkent viloyati bo‘yicha xavf yuqori deb baholanayotgan hududlar quyidagilar: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren, Olmaliq shaharlari.

Qayd etilishicha, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosish holatlari kuzatilishi mumkin. Shu bois, havo keskin o‘zgarishi mumkin bo‘lgan kunlarda yo‘lga chiqishda ham, dam olishga chiqqanda ham alohida ehtiyot choralarini ko‘rish muhim hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qator hududlarga sel kelishi kutilmoqda