date

Umra vizasiga ariza topshirishga shoshiling: oxirgi muddat — 19 mart

Umra vizasiga ariza topshirishga shoshiling: oxirgi muddat — 19 mart

Saudiya Arabistoni Haj mavsumi oldidan Umra ziyorati bo‘yicha yangi tartiblarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Umra vizasi uchun ariza topshirishning oxirgi kuni — 19 mart, mamlakatga kirishning so‘nggi muddati — 2 aprel, Saudiyadan chiqib ketishning oxirgi sanasi esa — 18 aprel etib belgilandi.

Shuningdek, Umra amallarini bajarish uchun so‘nggi muddat 18 aprel hisoblanadi.

Har yili millionlab ziyoratchilar Makka va Madina shaharlariga tashrif buyuradi. Haj mavsumi yaqinlashgani sababli muqaddas shaharlarni tayyorlash maqsadida Umra vizalari vaqtincha to‘xtatiladi.

Mutaxassislar bu qaror logistika va xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilinganini, Haj paytida ikki milliondan ortiq ziyoratchi kelishi kutilgani bois, tibbiy xizmatlar, transport va mehmonxona tizimi to‘liq qayta tashkil etilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Haj mavsumi yakunlanganidan so‘ng, taxminan 2026 yil 11 iyun atrofida Umra safari qayta yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Umra vizasiga ariza topshirishga shoshiling: oxirgi muddat — 19 mart