10:01 / 17.03.2017
6 451

Olmaota va Toshkent o‘rtasida «Tulpor-Talgo» tezyurar poezdi qatnaydi

Olmaota va Toshkent o‘rtasida «Tulpor-Talgo» tezyurar poezdi qatnaydi

Toshkentda Qozog‘istonning «NK KTJ» AJ temiryo‘l kompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ delegasiyalari uchrashuvi yakunlandi, deb yozadi Daryo. Unda avvalroq ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida Olmaota-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi №1/2 xalqaro yo‘lovchi poezdini ishga tushirish to‘g‘risida erishilgan kelishuvning texnik jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar imkoniyati cheklangan shaxslar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarga mo‘ljallangan o‘rinlar uchun 70 foizlik chegirma taqdim etish; yuk tashish tartibi; №1/2 xalqaro yo‘lovchi poezdi qatnovining davriyligi haqida kelishib oldi.

Nashr eslatishicha, Navro‘z bayrami arafasida keng kuzovli yangi modifikasiyadagi «Tulpor-Talgo» vagonlaridan iborat №1/2 xalqaro yo‘lovchi poezdi Olmaota—Toshkent yo‘nalishida qatnashni boshlaydi.

Poezd Olmaotadan dushanba va shanba, Toshkentdan seshanba va yakshanba kunlari jo‘naydi. Yo‘lga sarflanadigan vaqt taxminan 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Qatnov yo‘lidagi to‘xtash joylari: Otar, Chu, Taraz, Chimkent, Sariagash va Toshkent.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Olmaota va Toshkent o‘rtasida «Tulpor-Talgo» tezyurar poezdi qatnaydi