Namanganda «Damas»lar harakatlanishi taqiqlandi
1 daqiqa o'qish6.4K

Viloyat hokimining farmoyishi bilan Namangan shahridagi transport oqimini tartibga solish, tirbandlikni bartaraf etish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l qoplamalari va transport to‘xtash joylarini ta’mirlash ishlarini yakunlash maqsadida «Damas» rusumli transport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. Bu haqda Uz24.uz xabar beradi.
Joriy yilning 25 martidan boshlab har kuni soat 7.00 dan 20.00 ga qadar «Temir yo‘l vokzalidan A. Navoiy ko‘chasi orqali Chorsu bozorigacha» hamda «Temir yo‘l vokzalidan A. Temur va B. Mashrab ko‘chalari orqali Chorsu bozorigacha» maxsus transport vositalaridan (101, 102, 103, 104 va 105) tashqari «Damas» harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Belgilangan yo‘nalishlarda «Isuzi» rusumli avtobuslarining jadval asosida muntazam harakatlanishi ta’minlanadi.
Hujjatga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabriga qadar shaharda yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l kira haqi uchun naqd pulsiz haq to‘lash tizimi joriy etiladi.

- #Namangan Shahri
- #Transport Oqimi
- #Tirbandlikni Bartaraf
- #Yo‘l Transport
- #Damas Transport
- #Isuzi Avtobuslar
- #Maxsus Transport
- #Yo‘l Kira Haqi
- #Naqd Pulsiz Haq
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…