date

Mahkuma ayollarni jamiyatga qaytarish bo'yicha yangi dastur boshlanadi

Mahkuma ayollarni jamiyatga qaytarish bo'yicha yangi dastur boshlanadi

Prezidentimiz o'tkazilgan tadbirda jamiyatda ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq hamda zo'ravonlik holatlariga qarshi murosasiz muhit yaratish strategik vazifa ekanligini ta'kidladi. Davlat rahbari bu borada yangi farmon imzolanganini ma'lum qilib, endilikda zo'ravonlikka qarshi qat'iy tizim asosida kurash olib borilishini qayd etdi.

Shuningdek, turli sabablar bilan jinoyatga qo'l urgan ayollarni ijtimoiy hayotga qaytarish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Ko'plab mahkuma ayollarning kasbiy ko'nikmalari yo'qligi inobatga olinib, ular uchun maxsus «Yangi hayot» dasturi yo'lga qo'yiladi. Ushbu dastur doirasida ayollar 3 dan 6 oygacha bo'lgan muddatda kasbga o'qitilib, tegishli sertifikatlarga ega bo'ladilar.

Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan ayollarga oliy ta'lim olish imkoniyati ham yaratiladi. Ular muassasaning o'zida imtihon topshirib, masofaviy ta'lim shaklida o'qishlari mumkin bo'ladi. Kontrakt to'lovlarini amalga oshirish uchun esa mahkuma ayollarga jazoni o'tab, ishga joylashgandan so'ng qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratilishi rejalashtirilgan. Bu choralar ayollarning jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida qayta shakllanishiga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mahkuma ayollarni jamiyatga qaytarish bo'yicha yangi dastur boshlanadi