Toshkent shahrining Sergeli tumanida 66 ko‘p qavatli uy Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.
Zamonaviy shaharsozlik talablari asosida bunyod etilayotgan mazkur uylar 2500 dan ziyod oilaning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.
Sergeli tumanidagi qurilish ishlari uchta maydonda olib borilmoqda. Birinchi maydondagi 66 ta etti qavatli uyning kalitlari xonadon sohiblariga O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi bayrami arafasida topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur uylar qurib bitkazilishi bilan 4000 dan ziyod oila o‘z shaxsiy xonadoniga ega bo‘ladi. Ko‘p xonadonli uylar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilish materiallari asosida barpo etilmoqda.
Shuningdek, maktablar, bolalar bog‘chalari, dam olish joylari, poliklinikalar, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, chiqindi yig‘ish punktlari qurilishi rejalashtirilgan. Hudud obodligi ta’minlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»