date

O‘zbekistonda ayollar soni qanchaga yetdi?

O‘zbekistonda ayollar soni qanchaga yetdi?

2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar soni 18 million 979,0 ming nafarni tashkil qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayollar mamlakat doimiy aholisining 49,6 foizini tashkil etgan.

Hududlar kesimida ayollar soni quyidagicha shakllangan:

- Samarqand viloyati – 2 172,4 ming nafar;
- Farg‘ona viloyati – 2 091,2 ming nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 1 831,6 ming nafar;
- Andijon viloyati – 1 737,4 ming nafar;
- Toshkent shahri – 1 616,9 ming nafar;
- Toshkent viloyati – 1 574,3 ming nafar;
- Namangan viloyati – 1 568,5 ming nafar;
- Surxondaryo viloyati – 1 486,6 ming nafar;
- Buxoro viloyati – 1 050,4 ming nafar;
- Xorazm viloyati – 1 032,3 ming nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 021,7 ming nafar;
- Jizzax viloyati – 776,0 ming nafar;
- Navoiy viloyati – 548,7 ming nafar;
- Sirdaryo viloyati – 471,0 ming nafar.

Statistik raqamlardan ko‘rinib turibdiki, ayollar soni eng ko‘p hudud Samarqand viloyati bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ayollar soni qanchaga yetdi?