O‘zbekistonda tugatilayotgan litseylar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda tugatilayotgan litseylar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi
Ilgariroq O‘zbekistonda moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik lisey faoliyati tugatilishi haqida xabar berilgan edi.

Tugatilayotgan litseylar ro‘yxati quyidagicha:

1. Andijon tibbiyot instituti qoshidagi №2 sonli Akademik lisey (o‘quvchilar soni 547)
2. Samarqand arxitektura-qurilish instituti qoshidagi №2 sonli akademik lisey (o‘quvchilar soni 173)

3. Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi №2 sonli akademik lisey (o‘quvchilar soni 300)

4. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti qoshidagi akademik lisey (o‘quvchilar soni 307)

Ushbu litseylar yangi o‘quv yilidan boshlab tugatiladi. Ya’ni yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan o‘quv dargohlariga 9-sinf bitiruvchilari o‘qishga qabul qilinmaydi. Ammo 2016-2017 yilgi o‘quv yilida 1 va 2 kurslarni tamomlagan o‘quvchilar bitirgunlariga qadar o‘qishlarini davom ettirishadi, deb yozgan "Darakchi" nashri.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar