11:45 / 02.04.2017
7 457

Sergeli tumanidagi metroning er usti bo‘ylab qurilishi sababi ma’lum qilindi

Sergeli tumanidagi metroning er usti bo‘ylab qurilishi sababi ma’lum qilindi
«Chilonzor» yo‘nalishining «Olmazor» bekatidan boshlanadigan «Sergeli» yo‘nalishida qad rostlovchi Toshkent metrosining oltita bekati qurilishida qimmatbaho qurilish materiallaridan foydalaniladi. Bu haqda «O‘zA»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

«Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyati ma’lum qilishicha, muhandislik-geologik sabablarga ko‘ra, Sergeli tumanida er osti metro yo‘lini qurish o‘ta murakkab jarayondir. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi harakat «yengil metro» ko‘rinishida bo‘ladi. Ya’ni, «po‘lat iz»lar er ostida emas, balki er usti bo‘ylab, estakadalar (ko‘priklar) orqali yotqiziladi.

2017—2020 yillarga mo‘ljallangan mazkur yo‘nalishning qurilishi 170,1 million dollarga baholangan. Uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etuvchi inshoot to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 14 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallanmoqda. O‘ziga xos muhandislik echimlari asosida bunyod etilayotgan transport yo‘li Toshkent shahrining «Choshtepa» mahallasidan o‘tib, Sergeli tumanining Yo‘ldosh mavzesidagi Mag‘rib ko‘chasigacha boradi. To‘rt yilga mo‘ljallangan loyiha doirasida bekatlarda eskalatorlar, kutish maydonchalari barpo etiladi.

«Yo‘nalishning Choshtepa qismi balandligi 15 metr, Sergeli hududida esa 8 metr bo‘ladi. Bekatlar konstruksiya, dizayn hamda bezagi bilan bir-biridan tubdan farqlanadi va takrorlanmaydi, — dedi loyiha muhandisi Sunnat Jumaboyev. — Eng qimmatbaho qurilish materiallaridan, ya’ni granit, marmar, oyna, keramikadan foydalanish uning hashamatli va ko‘rkam bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Loyiha bo‘yicha metroning o‘ng tomonidan aholi yashashi uchun ko‘rkam va zamonaviy turar-joylar, uning ikki yonida keng va ravon avtomobil yo‘li quriladi. Shuningdek, ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etiladi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sergeli tumanidagi metroning er usti bo‘ylab qurilishi sababi ma’lum qilindi