To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi

To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi
Qisqacha

Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayevning O'zbekistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Buxoro shahrida Qosim-Jo'mart To'qayev va O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'rtasida oliy darajadagi muzokaralar o'tkazildi. Yetakchilar Bahouddin Naqshband ziyoratgohi va Buxoroning tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib, situatsion markaz, sun'iy intellekt asosidagi loyihalar hamda yangi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Tashrif doirasida Buxoro shahrida ikki davlat o‘rtasida oliy darajadagi muhim muzokaralar o‘tkazildi.

Oliy martabali mehmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Buxoroning maʼnaviy va tarixiy meros obyektlariga tashrif buyurdi. Jumladan, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hamda qadimiy shaharning mashhur tarixiy yodgorliklari ziyorat qilindi.

To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi

Shuningdek, yetakchilar viloyat hokimligining zamonaviy situatsion markazi faoliyati bilan tanishib, sunʼiy intellekt asosida amalga oshirilayotgan loyihalar va sanoat sohasidagi yangi korxonalar ish jarayonini ko‘zdan kechirishdi.

To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi

Uchrashuv va tadbirlar yakuniga yetgach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shaxsan kuzatib qo‘ydi.

To‘qayevning Buxoroga tashrifi o‘zaro hamkorlikni mustahkamladi

Shu tariqa, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga amaliy safar dasturi yakunlanib, u Toshkent shahriga qaytib keldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar