3 aprel kuni Rossiyaning «Gazprombank» AJ va O‘zbekistonning «Asaka» ATB Toshkent shahrida metallurgiya zavodini qurish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik haqidagi bitimni imzoladi. Bu haqda UzDaily.uz'ga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Hujjat banklarning xalqaro o‘zaro manfaatli hamkorlik, jumladan O‘zbekiston Respublikasi uchun davlat ahamiyatiga ega investisiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish borasidagi niyatini tasdiqlaydi.
Hamkorlik doirasida tomonlar Toshkent shahridan uzoq bo‘lmagan erda metallurgiya zavodini qurish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishni rejalashtirmoqda.
Bo‘lajak zavodda metall listlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali korxona ishga tushirilishi mo‘ljallangan.
Loyiha qiymati 280 million evrodan ko‘proqni tashkil etadi. Zavod qurilishi yaqin oylar ichida boshlanadi. Sanoat loyihasi 2019 yilda foydalanishga topshiriladi.
Toshkent metallurgiya zavodining quvvati yiliga 500 ming tonna mahsulotni tashkil etadi.
«Loyiha O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan amaliy qo‘llab-quvvatlanayotgani, o‘zbek tomonidan eng asosiy sarmoyador esa loyihaga 100 million evro kiritayotgan O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ekanligi juda muhim», - deya ta’kidlab o‘tdi Gazprombank boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksey Matveev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»