
O‘zbekistonda avgust oyida shinalar ishlab chiqaruvchi zavodning birinchi navbatini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Hozir Toshkent viloyatining Angren shahrida qurilayotgan korxonaning ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 2 mln taga yaqin yengil avtomobillar shinasini tashkil qiladi, deb yozadi Kun.uz nashri.
2018 yilda zavodda konveyer tasmalari va qishloq xo‘jaligi shinalari ishlab chiqarish boshlanadi, yengil avtomobillar shinalari ishlab chiqarish hajmi yiliga 3 mln tagacha, qishloq xo‘jaligi shinalari ishlab chiqarish esa 200 mingtacha oshadi.
Loyihada "O‘zkimyosanoat" va "O‘zavtosanoat" AJ hamda O‘zbekistondagi ikkita yirik tog‘- metallurgiya kombinatlari – Navoiy va Olmaliq TMK ishtirok etmoqda.
"O‘zkimyosanoat"ning loyihadagi ulushi 50 foizni, "O‘zavtosanoat"niki 30 foizni, Navoiy va Olmaliq TMK’larning har biriniki 10 foizni tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar