
Shuningdek, kadrlar tayyorlash bo‘yicha memorandum hamda hamkorlikda geologiya-razvedka ishlarini olib borish va muhandislik-innovasiya ishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, «Gazprombank» rahbari Andrey Akimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov bilan O‘zbekistonda neftgaz, tog‘-kon va metallurgiya sohalarida Rossiya kompaniyalari ishtirokida investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hadli bitim imzolagan.
Avvalroq «Gazprom» gaz sotib olish bo‘yicha O‘zbekiston bilan ilk bor o‘rta muddatga mo‘ljallangan — besh yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgan edi.
Mazkur kelishuvga qadar «Gazprom» O‘zbekistondan gazni har yili yangidan tuziladigan shartnomalar asosida sotib olardi. Kompaniya O‘zbekistondan gaz sotib olishni 2003 yilda boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar