21:26 / 05.04.2017
5 878

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan uchrashuvda: Bu tashrif katta o‘zgarishlardan belgi

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan uchrashuvda: Bu tashrif katta o‘zgarishlardan belgi
Kremlda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Rossiya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan o‘tishdi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboli xususida so‘z yuritildi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvaga davlat tashrifi bilan qutlab, bu tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini qayd etdi.

«O‘zbekiston bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish biz uchun katta ahamiyatga ega. Mamlakatlarimizda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali to‘la foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p, ularni ishga solishdan ikki tomon ham manfaatdor», dedi Rossiya Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev bu uchrashuv davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlashda muhim qadam bo‘lishini qayd etdi.

«Avvalo, 3 aprel kuni Sankt-Peterburgda ro‘y bergan mash’um voqea munosabati bilan Sizga va Rossiya xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik yuksak ishonch va o‘zaro hurmat asosida rivojlanmoqda. Turli darajadagi aloqalar faollashgani mamlakatlarimiz ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishdan birdek manfaatdor ekanining tasdig‘idir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurganingiz uchun yana bir bor minnatdorlik bildiraman. Ushbu tashrif Islom Karimovga, O‘zbekiston xalqiga yuksak hurmatingizdan dalolat beradi», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan O‘zA.

«O‘ylashimcha, bu tashrif katta o‘zgarishlardan belgi. Samarqandga tashrifingiz davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha siz bilan ishonchli, ochiq muloqot o‘tkazgan edik. Haqiqatan ham, mana shu qisqa vaqt ichida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Siz bilan nimagaki kelishgan bo‘lsak, amalga oshmoqda. Bugun siz bilan imzolanadigan hujjatlar to‘plami ham shundan darak beradi.

Juda to‘g‘ri ta’kidladingiz, Afg‘onistondagi vaziyat, Afg‘onistondagi tinchlik O‘zbekiston uchun juda muhim. Afg‘onistondagi tinchlik va osoyishtalik juda muhim. Biz Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha oldinga yo‘naltirayotgan barcha harakatlarda yordam qilishga va qo‘llab quvvatlashga tayyormiz», degan davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Putin bilan uchrashuvda: Bu tashrif katta o‘zgarishlardan belgi