10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingandi.
Farmon ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlarning yangi bosqichini boshlab berishi, uning ijrosini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish, huquqbuzarliklar profilaktikasini o‘z vaqtida amalga oshirish, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi, pirovard natijada esa fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida ichki ishlar organlari butun tizimi va har bir xodim faoliyati samaradorligi oshishi ko‘zda tutilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Farmon tizimda qator tashkiliy o‘zgartishlar qilishni ham nazarda tutadi.
Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajarish bo‘yicha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish maqsadida Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
Bu dasturga ko‘ra, milisiya xodimlari uchun xalqaro standartlar asosida, fuqarolar ongida ichki ishlar organlari haqida ijobiy imij shakllantirish maqsadida yangi ko‘rinishdagi liboslar, atributkalar va belgilar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Bunday o‘zgarishlarni joriy qilish maqsadida O‘zbekiston prezidentining maxsus qarori ishlab chiqilmoqda. Tegishli qaror 2018 yilning 1 iyuliga qadar tayyor bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?