date

29 may kuni O‘zbekistonda havo 38 darajagacha isiydi

Maysazorda suv purkagichlar yashil chimni sug‘ormoqda.

O‘zgidromet 29 may kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni respublika bo‘ylab asosan quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi.

Toshkent shahri
Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 32-34° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Hududlarda quruq va issiq havo hukm suradi. Ayrim joylarda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 33-38°gacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari
Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 38°gacha isishi prognoz qilinmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo quruq va biroz issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi 30-35° atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Janubiy hududlarda havo harorati 33-38°gacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Vodiyda ham quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Harorat kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Tog‘li va tog‘oldi hududlar
Ushbu hududlarda yog‘ingarchilik kutilmayapti. Biroq sel-suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda. Harorat kunduzi 18-23° atrofida bo‘ladi.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yoz mavsumi bu yil nisbatan beqaror va iliq ob-havo bilan boshlanadi. Yozning eng issiq kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 45-47 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 29 may kuni O‘zbekistonda havo 38 darajagacha isiydi