Andijonda do‘ppi ichiga yashirilgan 35,6 ming dollar topildi

Andijonda do‘ppi ichiga yashirilgan 35,6 ming dollar topildi
Qisqacha

Andijon viloyatining «Do‘stlik» chegara bojxona postida qo‘shni davlatga do‘ppi ichida 35,6 ming AQSH dollarini olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi. Qonunbuzar boshidagi do‘ppiga naqd valyutani yashirgan bo‘lib, bu mablag‘lar deklaratsiyada ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan. Mazkur xorijiy valyuta protsessual tartibda olib qo‘yildi va hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Andijon viloyatida bojxona xodimlari do‘ppi ichiga yashirilgan 35,6 ming AQSH dollarini qo‘shni davlatga olib chiqishga bo‘lgan urinishni aniqladi.

Holat Andijon viloyati bojxona boshqarmasining «Do‘stlik» chegara bojxona postida qayd etilgan. Qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan 51 yoshli fuqaro boshidagi do‘ppi ichiga naqd valyutani yashirgan.

Tekshiruv vaqtida 35,6 ming AQSH dollari topilgan. Ushbu mablag‘lar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va xodimlarning og‘zaki so‘rovida ham ma’lum qilinmagan.

Naqd xorijiy valyuta protsessual tartibda olib qo‘yildi. Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari mamlakatdan 100 million so‘mgacha bo‘lgan ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutani olib chiqishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar