15:46 / 29.06.2015
13 039

O‘zbekistonda sariq rangli tarvuz paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda sariq rangli tarvuz paydo bo‘ldi
Internet tarmog‘i foydalanuvchilari bozorlarimizdagi odatiy rangda bo‘lmagan meva-sabzavotlar bo‘yicha suhbatlashmoqda. Bu haqda «Uz24.uz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.

Foydalanuvchilardan biri «Potrebitel.uz» guruhiga odatda qizil rangda bo‘ladigan tarvuzning sariq rangdagi rasmini joyladi. Uning yozishicha, bunday tarvuz Qashqadaryodan olib kelingan. Biroq poytaxt bozorlarida uning hali bor-yo‘qligi aniq emas. Aytilishicha, sariq tarvuz Yaponiya navidir.

Ba’zi foydalanuvchilarning fikricha, bu tarvuz qovun bilan chatishtirilgan yoki unga kimyoviy moddalar qo‘shilgan bo‘lishi mumkin. Tarvuzni tatib ko‘rganlar esa uning ta’mi mazali ekanligini aytmoqda.

Shuningdek, suhbatga qo‘shilgan boshqa foydalanuvchilar bozorlarimizda sariq rangli pomidor va malina ham borligini yozmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda sariq rangli tarvuz paydo bo‘ldi