Kolumbiyada g‘alati hid sigir o‘g‘rilarini fosh qildi

Kolumbiyada politsiya tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi profilaktik reyd kutilmagan natija berdi. Yo‘l patruli oddiy tekshiruv vaqtida avtomobildan kelayotgan kuchli go‘ng hididan shubhalanib, transport vositasini to‘xtatgan.
Avtomobil ko‘zdan kechirilganda, uning orqa o‘rindiqlariga ikkita sigir joylashtirilgani aniqlangan. Holat politsiyachilarni ham hayratda qoldirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hayvonlar mahalliy fermalardan o‘g‘irlab ketilgan bo‘lib, gumonlanuvchilar ularni boshqa hududga olib ketayotgan bo‘lgan. Hozirda sigirlar tegishli tartibda vakolatli organlarga topshirilgan va ularni qonuniy egalariga qaytarish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Chorva o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan shaxslar qo‘lga olinib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…