O‘zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash qancha turadi?

Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan o‘rtacha xarajatlar hisobini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng arzon palov Qoraqalpog‘istonda tayyorlanadi. Bu hududda 1 kilogramm palov uchun o‘rtacha 105 ming 215 so‘m sarflanadi.
Eng qimmat palov esa Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, uni tayyorlash uchun o‘rtacha 126 ming 807 so‘m kerak bo‘ladi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (123 ming 759 so‘m), Samarqand viloyati (120 ming 721 so‘m) hamda Toshkent viloyati (120 ming 548 so‘m) joy olgan.
Hisob-kitoblar palov tayyorlash uchun zarur bo‘lgan asosiy mahsulotlar narxidan kelib chiqib tuzilgan. Bunda:
0,3 litr kungaboqar yog‘i,
300 gramm piyoz,
700 gramm mol go‘shti,
1 kilogramm sabzi,
1 kilogramm lazer guruchi,
100 gramm no‘xat,
10 gramm zira,
20 gramm osh tuzi qiymati inobatga olingan.
Qayd etilishicha, ushbu hisob-kitoblarga gaz, elektr energiyasi, suv, ziravorlarning boshqa turlari va mehnat xarajatlari kiritilmagan. Raqamlar faqat palov tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarning o‘rtacha bozor narxlari asosida shakllantirilgan.































Izohlar 0
…