Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlarida gaz o‘chiriladi

Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlarida gaz o‘chiriladi

15 iyul kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Cheklov ta’mir ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan joriy etiladi. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Yuzrobod» mahallasida gaz 10:00 dan 17:00 gacha bo‘lmaydi.

Bektemir tumanida esa «Zilola» mahallasida tabiiy gaz ta’minoti 10:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi.

Gaz ta’minoti texnik ishlar yakunlanishi bilan qayta tiklanishi bildirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar