O‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha navbatdagi rekord yangilandi

O‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha navbatdagi rekord yangilandi

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yana bir rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 18 iyul kuni mamlakatda sutkalik elektr energiyasi iste’moli 294,4 million kilovatt-soatni tashkil etib, yozgi mavsumdagi eng yuqori natija yangilandi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yil yozida qayd etilgan rekorddan 21,8 million kilovatt-soatga yoki 8 foizga, shuningdek, 17 iyuldagi iste’mol hajmidan 1 million kilovatt-soatga ko‘p bo‘ldi. Shu kuni yagona energetika tizimining eng yuqori yuklamasi kechki soatlarda 13,7 gigavattga yetgan.

Bundan tashqari, sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham 297,1 million kilovatt-soatni tashkil etib, yangi rekord o‘rnatdi.

Energetika vazirligining ta’kidlashicha, 19 iyul kuni ham elektr tarmoqlaridagi yuklama yuqori darajada saqlanib, maksimal ko‘rsatkich 13,4 gigavattga yetgan. Bu esa anomal issiq ob-havo sharoitida, hatto dam olish kunlarida ham elektr energiyasiga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar