13:23 / 21.05.2017
7 683

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyoti banki prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyoti banki prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni Islom taraqqiyoti banki prezidenti Bandar Hojar bilan uchrashdi. Uchrashuv Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tarshifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tomonlar O‘zbekiston va ITB o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv vaqtida hamkorlikni yanada rivojlantirish, uni yangi darajaga ko‘tarish uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd qilindi. Yangi loyihalarni tayyorlash, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish maqsadida turli darajadagi delegasiyalar bilan almashish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqishga qaror qilindi.

Tomonlar, shuningdek, ITBning Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida insoniyatning taraqqiyoti uchun bebaho hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etishdagi ishtiroki istiqbollari haqida fikrlar almashdilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston va ITB o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar natijalariga ko‘ra O‘zbekiston hukumati va ITB o‘rtasidagi Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini yaratish haqidagi hamfikrlik Memorandumi imzolandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyoti banki prezidenti bilan uchrashdi