00:10 / 30.05.2017
7 374

“O‘zbekiston-24” teleradiokanalining rahbariyati tayinlandi

“O‘zbekiston-24” teleradiokanalining rahbariyati tayinlandi
O‘zbekiston MTRK tarkibida tashkil etilayotgan yangi “O‘zbekiston-24” informasion teleradiokanalida umuman qo‘shiq qo‘yilmaydi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, teleradiokanal orqali tunu kun axborot uzatiladi.

Teleradiokanal rahbarlar tarkibi ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, uzoq yillardan buyon “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida muharrir va boshlovchilik qilgan Ozod Hamidxo‘jaev 256 kishilik yangi tarkibga rahbarlik qiladi. Unga radiokanal tizimida o‘rinbosar sifatida “Sharq” NMKda turli lavozimlarda xizmat qilgan Ulug‘bek Rahimov faoliyat olib boradi.

Telekanal kun boshlanishida turli mavzularda, kun bo‘yi mavzular tematikasi bo‘yicha axborot beradi. Tunda ham umumiy ma’lumotlar uzatiladi.

Radiokanal telekanal dasturlariga muvofiq ravishda ishlashi ko‘zda tutilgan bo‘lib, radiokanalda ham ko‘ngilochar dasturlar bo‘lmaydi. Har yigirma daqiqada axborot va orada o‘n-o‘n besh daqiqa qisqa, tematik eshittirishlar radio tinglovchilarga havola etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zbekiston-24” teleradiokanalining rahbariyati tayinlandi