Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlab maxsus oltin tangalar chiqarildi

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlab maxsus oltin tangalar chiqarildi

O‘zbekiston Markaziy banki Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlab oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqardi. Kolleksiyadagi tangalar mamlakatning tarixiy merosi va zamonaviy taraqqiyotini aks ettiruvchi ramzlar bilan bezatilgan.

Yangi esdalik kolleksiyasi 3 ta tangadan iborat. Ularda Mustaqillik monumenti, Islom sivilizatsiyasi markazi hamda “35” raqami tasvirlangan.

Tangalar O‘zbekistonning tarixiy merosi, davlat ramzlari va mustaqillik yillaridagi taraqqiyotini ifodalashga qaratilgan.

Tangalar 999,9 probali oltin va kumushdan tayyorlangan. Har bir tanganing og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati esa 100 ming so‘m etib belgilangan.

Dastlabki tiraj:

oltin tangalar — 450 dona;

kumush tangalar — 800 dona. Esdalik tangalari 27 avgustdan boshlab 690 ta tijorat banki filialida sotilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar