11:59 / 14.06.2017
8 441

O‘zbekistonda cho‘g‘lanma lampa ishlab chiqarish to‘xtatiladi

O‘zbekistonda cho‘g‘lanma lampa ishlab chiqarish to‘xtatiladi
O‘zbekistonda elektr energiyasiga talabning ortib borishi yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Kun.uz» yozmoqda.

Cho‘g‘lanma lampalardan foydalanish – energiya tejamkorlik nuqtai-nazaridan bugun samarasiz amaliyot hisoblanadi. Chunki ularning foydali ish koeffisienti 5 foizdan kamroqni tashkil etadi. Bu elektr energiyasining 95 foizi issiqlikka, faqatgina 5 foizi yoritishga sarflanishini anglatadi. Normativ bo‘yicha ishlash muddati ming soatga yaqin.

Energiya tejaydigan lampalarning ishlash davomiyligi cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan 10 barobarga ko‘proq bo‘lib, yorug‘lik samaradorligi 4-5 barobar yuqori. Agar yoritish uskunalarining energiya samaradorligi ko‘rsatkichi cho‘g‘lanma lampalarda 1 vatt elektr quvvatiga 13 lyumen/vattdan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa, lyuminesient lampalarda 65 lyumen/vattni, svetodiod lampalarda 110 lyumen/vattni tashkil etadi.

"O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “EGL-NUR” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbeistonda svetodiod lampalar va yoritgichlar ishlab chiqarayotgan yirik korxonalardan biri. Ushbu korxona Janubiy Koreyaning “EG Lightings” kompaniyasi hamkorligida 2013 yil dekabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, "Angren" erkin iqtisodiy zonasida joylashgan. Hozir bu erda ushbu mahsulotning bir necha turi ishlab chiqarilmoqda. Korxona oyiga 200 ming dona svetodiod lampa va 1000 dona yoritgich ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxonada ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga yuqori sifati, energiya tejamkorligi tufayli iste’molchilar o‘rtasida talab yuqori. Ishlab chiqarilayotgan lampalar har qanday iqlim sharoitiga chidamli, xalqaro standartlarga mos, ekologik jihatdan xavfsiz. Ular inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz, zero ultrabinafsha va infraqizil nur taratmaydi, tarkibida og‘ir metall va zaharli moddalar yo‘q. Korxona mahsulotlaridan mamlakatimiz shaharlari ko‘chalarida keng foydalanilmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan ushbu tejamkor lampalardan foydalanish muddati 30 ming soatdan ortiq. Bu oddiy cho‘g‘lanma lampadan 30 barobar ko‘p degani. Oddiy cho‘g‘lanma lampaga nisbatan 9-10 barobar kam energiya sarflaydi. Svetodiod lampalar hisobidan xonadonlarda energiya sarfi bir necha barobar kamaymoqda. Bu aholi turmush darajasini yaxshilash bilan birga, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga ham xizmat qiladi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 26 maydagi «2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarorning amaliyotda izchil qo‘llanilishi nafaqat yoritish maqsadlarida elektr energiyasidan samarali foydalanishni, balki mahalliy korxonalarda energiyani tejaydigan lampalarni ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratishni ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda cho‘g‘lanma lampa ishlab chiqarish to‘xtatiladi