O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi — uchta oltin medal!

O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi — uchta oltin medal!

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Yosh muhandislarimiz uchta oltin medalni qo‘lga kiritib, musobaqaning eng yuqori natijalaridan birini qayd etdi.

7–10 oktyabr kunlari Inchxon shahrida bo‘lib o‘tgan chempionatda 190 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi. Yoshlar ishlari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi musobaqada barcha 16 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan.

Musobaqaning rasmiy natijalar sahifasida O‘zbekiston jamoasi reytingda birinchi o‘rinni egallagani va 637 ballik eng yuqori natijani qayd etgani ko‘rsatilgan.

FIRST Global Challenge yoshlarning robototexnika, muhandislik va dasturlash bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazadigan xalqaro musobaqa hisoblanadi. Bu yilgi topshiriqlar o‘rmon yong‘inlarining oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish va zararlangan hududlarni tiklashga qaratilgan edi.

O‘zbekiston yosh muhandislarining ushbu yutug‘i mamlakatimizda robototexnika va innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini namoyon etadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar