22:18 / 27.06.2017
6 329

Donald Tramp O‘zbekiston xalqini Ramazon Hayiti bilan tabrikladi

Donald Tramp O‘zbekiston xalqini Ramazon Hayiti bilan tabrikladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Ramazon Hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni 27 iyun kuni O‘zA saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Janobi Oliylariga


Prezident Janobi Oliylari!

Amerika xalqi nomidan Melaniya va men Sizga va O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz.

Muqaddas Ramazon oyida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi musulmonlar butun dunyo musulmonlari qatori imon-e’tiqod va xayr-ehson amallariga alohida e’tibor qaratdilar. Amerika Qo‘shma Shtatlarida musulmonlar qo‘shnilarga va jamiyatning turli tabaqalari vakillariga yordam berish hamda qo‘llab-quvvatlashdek ezgu an’anani davom ettirgan holda, bayramni oila a’zolari va do‘stlar davrasida nishonladilar.

Mazkur bayramni nishonlar ekanmiz, rahm-shafqat, mehr-oqibat va ezgu niyat kabi fazilatlar ahamiyatini yanada teran anglaymiz. Shu munosabat bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston bilan ana shu qadriyatlarni e’zozlashga qaratilgan umumiy majburiyatimizni yana bir bor ta’kidlaydi.

Siz va O‘zbekiston xalqini yana bir bor bayram bilan tabriklayman! Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Donald J.Tramp,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Donald Tramp O‘zbekiston xalqini Ramazon Hayiti bilan tabrikladi