date
views 6 375

MAK Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi

MAK Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi
4 iyul kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter reysini amalga oshirdi, deb yozmoqda «UZ24» sayti.

Parvozlar joriy yilning 29 avgustigacha haftada bir marta — seshanba kunlari Boeing 757 avialaynerida amalga oshiriladi.

Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha joriy yilning aprel oyida MAK hamda Qirg‘izistonning Madaniyat, axborot va turizm vazirligi o‘rtasida kelishuvga erishilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » MAK Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi