Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan metro qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Rejaga ko‘ra, Toshkent metrosidagi Chilonzor yo‘nalishining Olmazor bekatidan boshlanadigan Sergeli yo‘nalishida oltita bekat bunyod etiladi.
Metro jamoat transporti turlari orasida o‘zining qulay, xavfsiz va tezkorligi bilan ajralib turadi. 1977 yilda Toshkentda barpo etilgan ilk metro liniyasining uzunligi 12,2 kilometr bo‘lib, to‘qqizta bekatdan iborat edi. O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishlari bilan Toshkent metropoliteni rivojlandi va uzunligi 39 kilometrga, bekatlari soni 29 taga etdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sergeli tumanida metro yo‘lini qurish o‘ta murakkab jaryon. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi metro er usti bo‘ylab, estakadalar orqali tashkil etiladi. Chilonzor yo‘nalishining Olmazor bekatidan boshlanadigan Sergeli yo‘nalishida oltita bekat bunyod etiladi.
2017-2020 yillarga mo‘ljallangan mazkur qurilishga 170,1 million dollar sarflanadi. Uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etuvchi mazkur inshoot to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 14 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallanmoqda. O‘ziga xos muhandislik echimlari asosida bunyod etilayotgan transport yo‘li Choshtepa mahallasidan o‘tib, Sergeli tumanining Yo‘ldosh mavzesidagi Mag‘rib ko‘chasigacha boradi.
Qurilishda foydalanilayotgan texnika turlariga alohida e’tibor berish kerakligi ta’kidlandi. Bundan tashqari geologiya masalalari ham diqqat markazida bo‘lishi kerak.
Davlatimiz rahbari yangi qurilayotgan er usti metrosi yonidan o‘tadigan ko‘cha atrofida ikki va uch qator daraxt va gullar ekilishi lozimligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyevga Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan qurilish ishlari haqida ham ma’lumot berildi. Bugun 2017-2019 yillarga qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan mazkur yo‘nalishning Turkiston bekatida poydevor quyish ishlari olib borilmoqda.
Yangi qurilayotgan metro bekatlarining dizayni, devorlariga ishlatiladigan qurilish materiallari, tasvirlardan namunalar namoyish etildi.
Prezidentimiz bekatlar shinam va yorug‘ bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi. Yosh dizaynerlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish kerak, dedi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...