18:00 / 26.07.2017
7 656

Markaziy bank: Bankomatlar ishlaydi, odamlarga bozor kursida valyuta xarid qilish imkoni beriladi

Markaziy bank: Bankomatlar ishlaydi, odamlarga bozor kursida valyuta xarid qilish imkoni beriladi
Xalqaro press-klubning bugungi sessiyasida Kun.uz muxbiri Tolibjon Rahmatov Bozor narxlarida banklardan valyuta xarid qilishi qachon jismoniy shaxslarga ham taqdim etilishi va plastik kartochkalar orqali bankomatlardan naqd pul echib olish xizmati qachon barcha joyda birdek yo‘lga qo‘yilishi haqidagi savollar berdi. Savollarga Markaziy bank raisi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jaev javob berdi.

— Ba’zi banklarga yuridik shaxslar bilan valyutani bozor narxlarida oldi-sotdi qilinishi ruxsat berilishi valyuta bozorini liberallashtirish tomon tashlangan ilk qadamlardan biri. Albatta, yaqin kelajakda jismoniy shaxslarga ham bu huquq taqdim etiladi. Buning ustida mutaxassis va ekspertlar ish olib bormoqda.

Bu borada yangilik bo‘ladi. Jismoniy shaxslarga bozordagi talab va takliflardan kelib chiqib belgilangan kurslarda valyuta xarid qilish yoki sotish imkoniyati taqdim etiladi. Hozircha jismoniy shaxslar plastik kartochka orqali davlat kursida konversion kartada valyuta xarid qilishlari mumkin. Yagona sharti bu pullardan faqat chet ellarda foydalanishi lozim bo‘ladi.

Ikkinchi savol — bankomatlar mavzusiga to‘xtalsam. Bu ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Avvalo buning texnik imkoniyatlari e’tiborga olinishi kerak. Albatta, iqtisodiy jihatdan ham bunday rejalarimiz bor. Hozir muomalada bo‘lgan ekan yirik kupyura 10 ming so‘mlik bo‘lib turibdi. 10 ming so‘mlikning muomalaga kiritilishi bu yo‘ldagi birinchi qadam va bu yo‘nalishda ishlashni yana davom ettiramiz. Yaqin orada fuqarolarimizga so‘mni istalgan bankomatdan xohlagan vaqtda, istalgan summada olish imkoniyati taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank: Bankomatlar ishlaydi, odamlarga bozor kursida valyuta xarid qilish imkoni beriladi