
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 4 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi haqida ma’lum qildi. Samarqand va Namangan viloyatlarida esa do‘l kutilayotganligi xabar qilinmoqda.
“4 avgust kuni ob-havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, respublika hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqatgina Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, chaqmoq chaqishi mumkin. Samarqand va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi kutilmoqda. Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz!”, deyiladi FVV bergan xabarnomada.
Har kungi ob-havo ma’lumotlari e’tiboringizga havola etib boriladi. Bizni kuzatishda davom eting. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar