7 916
Efirdagi chiqishidan keyin Paynet asoschisiga Soliq qo‘mitasi rahbari qo‘ng‘iroq qildi
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiev Paynet kompaniyasi asoschisi Botir Arifjanovga qo‘ng‘iroq qilishi uning uchun kutilmagan hodisaga aylangan, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Menga kutilmaganda qo‘ng‘iroq qilishdi. Menga ertalab Botir Parpiev telefon qildi va uni men press-klubda bildirgan takliflar qiziqtirib qolgani haqida gapirdi. Biz biroz fiskal siyosati haqida gaplashdik, shundan keyin u meni bu takliflarimni o‘z o‘rinbosari bilan uchrashuvda muhokama etishga taklif qildi», – deya yozgan Arifjanov 28 iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «O‘zbekistonning zamonaviy soliq siyosati: vazifalar va amalga oshirish mexanizmi» mavzusida uchrashuv o‘tkazilgandi. Anjumanda soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish, soliq to‘lovchilarga yaratilgan qulaylik va imtiyozlar, davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari muhokama qilingandi.
Botir Arifjanovning tan olishicha, u Botir Parpiev bilan suhbatdan keyin «bizda hammasi yaxshi va barchasi reja bo‘yicha ketmoqda» qabilida fikrlaydigan navbatdagi amaldor bilan zerikarli uchrashuvga tayyorlangan.
Tez orada u Parpievning o‘rinbosari bilan uchrashgan. «Biz qora bozor, daromadlarni yashirish va soliqdan qochish holatlari tufayli iqtisodiyotda yuzaga kelgan muammolarni ochiq muhokama qildik. Aytishni istardimki, u erdagilar muammolar haqida bilishadi va ularni hal etish uchun hamkorlikka tayyorlar», – deya qayd etgan Arifjanov.
Uning yozishicha, Soliq qo‘mitasi qoshida etakchi tadbirkorlar, maslahatchilar va Moliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida maslahatchi kengash tuzish borasida kelishuvga erishilgan.
Eslatma: Botir Arifjanov 2010 yilda Paynet boshqaruvidan ketgan va ayni vaqtda kompaniyaga aloqador emas. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»