6 638
Shavkat Mirziyoyev: Vaqti kelganida Xalqaro Press klubda o‘zim ham ishtirok etaman
Videoselektorda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining ma’lum qilishicha, Davlat rahbari majlisda Xalqaro Press-klub faoliyatiga alohida to‘xtaldi. Prezident “XPK shunchaki tashkil etilmagani, u hududlardagi o‘zgarishlarni aks ettirishi”ni qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti XPKning joylarda sayyor sessiyalarini joriy etganini yuqori baholadi.
Mirziyoyev, XPKning har bir sessiyasini bevosita kuzatishini aytar ekan, videoselektorda rahbarlarga XPK sessiyalariga muovinlarini yuborishni taqiqladi. Bundan keyin Prezident topshirig‘iga binoan Xalqaro Press-klubning barcha yig‘ilishlarida faqat vazirliklar, hokimliklar, idora va tashkilotlarning birinchi rahbarlari ishtirok etadi.
Foto: Xalqaro Press-klub
“Press-klubga o‘rinbosarlar bormasin”, - deya alohida uqdirdi Davlat rahbari. Shu o‘rinda, Shavkat Mirziyoyev vaqti kelganida XPK sessiyasida o‘zi ham ishtirok etishini alohida ta’kidladi.
Foto: Xalqaro Press-klub
Prezident Mirziyoyev Davlat rahbari, xususan, Press-klubning o‘tgan haftada Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlariga uyushtirgan safariga e’tibor qaratib, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida amaliy o‘zgarishlar ko‘lami kengligini ushbu sayyor sessiyalar ham isbotlaganini bildirdi. Bundan tashqari, Prezident Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘raevning faoliyatini ham ijobiy baholab, viloyati hokimi lavozimiga tayinlanganiga qisqa vaqt bo‘lganiga qaramay, uning xalq orasiga kirganini XPKning sayyor sessiyasidagi so‘zlaridan bilish mumkin bo‘lgan.
Foto: Xalqaro Press-klub
Prezidentning aytishicha, viloyat hokimlarining XPKdagi ishtiroki va unda javob berishlaridan ularning xalq orasiga qanchalik kirib borgani, dardu-tashvishidan naqadar xabardor ekanini bilib olsa bo‘ladi.
Foto: Xalqaro Press-klub
Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki, Prezident Mirziyoyev XPKning “O‘zavtosanoat” AJga viloyatlarga safarlarni tashkil etish uchun avtobus so‘rab qilgan murojaatidan xabar topgach, “O‘zavtosanoat” AJ rahbariyatiga Press-klub uchun eng so‘nggi rusumdagi yumshoq o‘rindiqli “Isuzu” avtobusni Prezident nomidan sovg‘a qilish vazifasini topshirgan.
Foto: Xalqaro Press-klub
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi