18:27 / 11.08.2017
5 114

O‘zbekistonda «halol» standarti joriy etiladi

O‘zbekistonda «halol» standarti joriy etiladi
2017 yilning uchinchi choragida O‘zbekistonda «halol» standarti joriy etiladi. Bu haqida «O‘zstandart» agentligining direktor o‘rinbosari Jamshid Mirsaidov 11 avgust kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

«Hozirda biz Malayziya va Turkiyadan «halol» standartlarini olib kelib, ixtiyoriy tarzda joriy qilinadi. Aynan «halol» standartni kiritish bo‘yicha maxsus dastur ham ishlab chiqilgan. Nasib etsa, joriy yilning uchinchi choragida mazkur standartni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilinadi», deya qayd etdi Jamshid Mirsaidov.

Endilikda «halol» standartidan foydalanish istagida bo‘lgan tadbirkorlar hamda ishlab chiqaruvchilar agentlikka murojaat qilishlari mumkin.

«Hukumat tomonidan «halol» standartini joriy qilish bo‘yicha turli takliflar va topshiriqlar berilgan. Tez orada bu qarorning qabul qilinishi eksport salohiyatining o‘sishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Shuningdek, chet eldan yurtimizga keladigan mehmonlar, ayniqsa, arab davlatlaridan tashrif buyuruvchi sayyohlarning mahsulotlarimizga bo‘lgan ishonchi ortadi», deya qo‘shimcha qildi Mirsaidov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda «halol» standarti joriy etiladi