
Avgust oyining ikkinchi haftasi ham deyarli yakunlanmoqda. Yoz fasli tugashiga bir necha kun bor bo‘lsa-da, havo harorati 11 avgustdan biroz tushishni boshladi.
Ertaga, 13 avgust kuni Toshkent shahrida havo harorati kunduzi 30-32 daraja issiq, kechasi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi +27...+32 darajani, kechasi +15...+20 darajani tashkil qiladi.
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Sharqdan shamol sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kunduzi 30-35 daraja issiq, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo bulutli bo‘lsada, harorat kunduzi 37 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi harorat +17...+22 darajani tashkil qiladi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar