O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar beradi "Gazeta.uz".
Yangi tashkil etiladigan vazirlik Maktabgacha ta’lim vazirligi bo‘ladi. O‘zbekistondagi bog‘chalarga bolalar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi.
"Prezidentimiz bizning oldimizga bolalar maktabga ilm olishga tayyor bo‘lib kelishlari uchun sharoit yaratish masalasini qo‘ydilar. Shu munosabat bilan kelajakda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘i rivojlanadi. Ular bir necha turda(davlat, nodavlat, bolalar qisqa muddatda ta’lim oladigan) bo‘ladi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish talab qilinadi",—dedi Xalq ta’limi vaziri. .
Uning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim vazirligi bolalarni maktabga tayyorlash, ularni tarbiyalash, ta’lim berish uslublari masalalari bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi