5 525
Shuvalov Toshkentdagi bozorlardan birida bo‘ldi. U Rossiyada ham shunday bozor tashkil qilmoqchi
O‘zbekistonga tashrif davomida Toshkentning qadimiy, ayni paytda zamonaviy bozorlaridan birida bo‘lgan Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov Rossiyada ham shunday maskanlar tashkil etilishini istashi haqida aytib o‘tdi.
«O‘zbekistonda bozorlar faqat savdo majmuasi emas, ulkan madaniyat maskani hamdir. Rossiyada ham shunday bozorlar tashkil etishni istardik», deya uning so‘zlarini keltirgan O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Igor Shuvalov O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar haqida O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab bergan:
«Mamlakatlarimiz Prezidentlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar qaror topgan. Rossiya Federasiyasi hukumatiga O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli barcha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Yaqinda men Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomonidan raisi etib tayinlandim. Buni juda muhim va mas’uliyatli vazifa, deb bilaman. Chunki O‘zbekiston buyuk tarix va ulkan iqtisodiy salohiyatga ega, Markaziy Osiyodagi yirik mamlakat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda mamlakatlarimiz uchun birdek manfaatli, istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Energetika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi mamlakatlar ishtirokidagi kooperasion loyihalar ham bizda katta qiziqish uyg‘otmoqda».
Eksport hajmini oshirish uchun temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari Rossiya bozoriga etkazib berilmoqda. Biz Rossiyada ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqoriligini inobatga olgan holda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatidamiz. Buning uchun eksportchi korxonalarga keng imkoniyat berish, bojxona va fitosanitariya xizmatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, fan-ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi