Bog‘ibaland anjirini hech qayerda topolmaysiz

Darhaqiqat, Bog‘ibaland anjiri o‘zining ta’mi va shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bog‘ibaland – Sohibqiron Amir Temur asos solgan mashhur bog‘lardan biri. U eski Ko‘hak, hozirda Cho‘ponota deb atalayotgan tepalikning yon bag‘rida joylashgan.

Mutaxassislarning fikricha, aynan ana shu tepalik anjirzorni shimoldan esadigan sovuq shamoldan himoya qiladi va kun bo‘yi quyosh nuridan bahramand bo‘lgan toshlardan taraladigan issiqlik anjir mevasining ta’miga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Hozirda anjir mevasining shirasi baland bo‘lib, ayni kunlar anjirxo‘rlikka, anjir sayliga chiqadigan payt. Ammo juda oz fursat qoldi. Kuni kecha anjirzorga borib, buning guvohi bo‘ldim. Daraxtlarda, bog‘ sohiblarining uqtirishicha, 15-20 foiz hosil qolgan ekan.

Demak, ushbu o‘ta xosiyatli mevadan bahramand bo‘lish uchun hali vaqt bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing