16:25 / 29.08.2017
5 908

«Qirg‘iziston bilan ochiq va do‘stona siyosat yuritiladi». Mirziyoyev tashrifi arafasida Qirg‘izistonda davra suhbati o‘tkazildi

«Qirg‘iziston bilan ochiq va do‘stona siyosat yuritiladi». Mirziyoyev tashrifi arafasida Qirg‘izistonda davra suhbati o‘tkazildi
«Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston bilan munosabatlar ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat asosida quriladi. Bunday ezgu maqsad O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 — 2021 yillarda Respublikani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z ifodasini topgan», dedi O‘zbekistonning Qirg‘iziston respublikasidagi elchisi Komil Rashidov bugun o‘tkazilgan «Chegara masalalarini hal qilishda Qirg‘izston va O‘zbekiston hamkorligi o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish omili» mavzusidagi davra suhbatida.

Diplomat O‘zbekiston rahbari dasturida mamlakatni rivojlantirish uchun Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan barcha sohalar, suv resurslaridan tortib, xavfsizlik masalasida hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilganini qayd etib o‘tgan.

«Bitta madaniy sivilizatsiya hududida joylashgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston nafaqat yaqin qo‘shnilar, balki birodar xalqlardir. Ikki davlat rahbarining doimiy ravishda muloqot qilib turishi o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlaydi», — degan Komil Rashidov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda tomonlar ikki davlatning kompaniyalari va ishbilarmon doiralari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustida faol ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Keyingi oyda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev ham O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Qirg‘iziston bilan ochiq va do‘stona siyosat yuritiladi». Mirziyoyev tashrifi arafasida Qirg‘izistonda davra suhbati o‘tkazildi