O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro hamkorlik qiladi
Turkmaniston parlamenti 5-chaqiriq Majlisi 22-kengashining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar qator qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni muhokama etib, qabul qilishdi, deb xabar berdi «O‘zbekiston 24».

Deputatlar "Turkmaniston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida", "Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi hujjatlarni tasdiqladilar.

Parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar Turkmaniston prezidentiga imzolash uchun yuboriladi va shundan so‘ng kuchga kiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar