Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan ikkita loyiha QHTBT portalida joylashtirildi, deb yozmoqda Norma.uz sayti.
Birinchi loyiha yirik soliq to‘lovchilar ta’rifini o‘z ichiga olgan. Loyihaga ko‘ra bu yakka tartibdagi soliq ma’muriyatchiligi ta’siri doirasiga tushadigan alohida toifadagi yuridik shaxslar. Moliya vazirligi va DSQ yirik soliq to‘lovchilar aniqlanadigan mezonlarni belgilaydi.
Yirik soliq to‘lovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki o‘zgartirish huquqi taqdim qilinmaydi, ular bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi alohida amalga oshiriladi. Ularning soliq hisoboti ular hisobga qo‘yilgan joyi bo‘yicha hududiy DSBlariga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 18.07.2017 yildagi PF-5116-son Farmoniga asosan yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar DSBlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga kiritilgan va yakka tartibdagi soliq ma’muriyatchiligi ta’siri doirasiga tushadigan kompaniyalar bu haqda tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida hisobga qo‘yilgan joyi bo‘yicha hududiy DSBlari tomonidan xabardor qilinadi (shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali).
Ikkinchi loyiha SK 84-moddasiga qo‘shimchani ko‘zda tutadi. Taklif etilayotgan tuzatishga ko‘ra, Internet tarmog‘i milliy segmentining domen nomlari tizimini belgilaydigan organ soliq organlariga domen nomlari ma’murlari to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu tegishli ma’lumotlar bazasiga ulanish uchun dasturiy vositalar taqdim etish vositasida amalga oshiriladi.
Shu tariqa, elektron tijorat sohasida soliq nazorati mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar