
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 sentyabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 18-20 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, Ustyurtda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja iliq, ayrim joylarda 0 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja iliq, ayrim joylarda 0 darajagacha sovuq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 19-24 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar