
Seshanba kuni O‘zbekiston hududida shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayadi, deb xabar qiladi "O‘zgidromet" markazi.
Havo harorati 24 oktyabr kuni kunduzi o‘rtacha +20…+23, kechasi — +5...+10 darajaga yetadi. Toshkentda kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni Toshkent va Buxoro viloyatlari hududida 32 m/s tezlikda shamol kuzatilgandi. Kuchli dovul oqibatida bir kishi vafot etdi. Shamol uylar va binolarning tomlari, avtomobillarga zarar yetkazdi, elektr liniyalarining uzilishi tufayli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ldi.
Manba: Uz24.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar