Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati va SmartGov Consulting kompaniyasi tuman infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha «Mening shahrim» sinov loyihasini taqdim etdi. Loyiha taqdimoti 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Loyiha tuman infratuzilmasini yaxshilash, uni yoshlar, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun do‘stona munosabatda bo‘lishini ta’minlash, Mirzo Ulug‘bek tumanini qulay, xavfsiz, toza qilish, unda zamonaviy shaharlarga xos jihatlarni joriy etishni ko‘zda tutadi.
Loyiha 5−10 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, erishilgan natijalarni butun mamlakat bo‘ylab tatbiq etish rejalashtirilgan.
Loyiha jamoatchilikni o‘ylantirayotgan masalalar bilan shug‘ullanib, qulay biznes-muhitni rag‘batlantirish, energiyani tejash va yashil texnologiyalar bilan bog‘liq yechimlarni namoyish etish imkoniyatini taqdim etadi.
«Mening shahrim» uch tarkibiy qism — jamoatchilik, biznes-muhit va barqaror rivojlanish (energetika)ni o‘z ichiga oladi.
Birinchisi keksalar va nogironlarga qulay muhit yaratishni ko‘zda tutadi. Tumanga yangi ko‘ngilochar maskanlar — ko‘chalar va xiyobonlarda kichik haykaltaroshlik namunalari, qaydlar, viveskalar, o‘rindiqlar va boshqalar zarur.
Loyihaning dastlabki rejasida Oqqo‘rg‘on ko‘chasini «jonlantirish» ko‘zda tutilgan. Arxitektorlar va dizaynerlar jalb etilgan holda xiyobon bo‘ylab piyodalar uchun kenglik, velosiped yo‘lakchasi, qahvaxona, teatr studiyasi va galereya bunyod etiladi.
Sinov loyihasida turar-joy mavzelarida keksalar uchun sport bilan shug‘ullanish zonalari barpo etish, ularni keksalar uchun murakkab bo‘lmagan, biroq salomatlik uchun foydali arzon sport inventarlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, xavfsiz yo‘l infratuzilmalari, belgilar, qulay piyodalar o‘tish yo‘llari, veloyo‘laklar, maxsus svetoforlar o‘rnatiladi, xavfli ko‘cha uchastkalarini aniqlash uchun jamoatchilik ishtirokida yo‘l xavfsizligi ustidan nazorat joriy etiladi.
Turar-joy mavzelarida dam olish, sport bilan shug‘ullanish uchun klasterlar, bolalar maydonchalari barpo etilib, sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinadi.
Tumandagi biznes muhitni yaxshilash bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshiriladi. Ekspertlar tuman bo‘yicha bozorda qanday xizmatlar, masalan oziq-ovqatlarni uylarga yetkazib berish, maktabgacha kurslar, bolalarni parvarishlash, kimyoviy tozalash, kirxonalar mavjud emasligini ko‘rsatuvchi biznes xarita ishlab chiqishadi.
Loyihaning uchinchi tarkibiy qismi bo‘yicha esa har qanday kompaniya qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surib, ularni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi